TDAUXBAT
Toshkent v, Bo'ka t, A.Ikromov ko'chasi, 39-uy
+998 705735077

Blog Single

Bo‘ka tumanida xalqaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi

Bo‘ka tumani 2-sonli texnikumida xalqaro hamkorlik va dual ta’lim tizimini joriy etish, shuningdek, texnikum hududida kichik sanoat zonasini tashkil etish maqsadida muhim kelishuvga erishildi.

🔹 Mazkur hamkorlik doirasida Pokistonlik investor Muhammad Amin Muhammad Iqbol rahbarligidagi “TASHKENT SILK PRO” MCHJ bilan ipakchilik va pillachilikni rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni amaliy kasb-hunarga yo‘naltirish hamda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli maqsadlar belgilab olindi.

🔺 Tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish borasida kelishuvga erishildi.

 

➡️ Ushbu hamkorlik hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bandligini oshirish hamda ipakchilik sohasini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

QAYTA ALOQA

Savollaringiz bormi?
Biz bilan bog‘laning va tez orada javob olasiz!