TDAUXBAT
Toshkent v, Bo'ka t, A.Ikromov ko'chasi, 39-uy
+998 705735077

Blog Single

Texnikumda Navro’z shukuhi

⚡️ Navro‘z sayli — bu bahor faslining boshlanishini, yangi yilni va tabiatning yangilanishi demakdir.
📅 2026-yil 3-aprel kuni Bo‘ka tuman 2-son texnikumida «Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lash» shiori ostida umumxalq milliy bayramimiz Navro‘z bayrami sayli yuksak saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda texnikumning barcha pedagoglari, va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. O‘quvchilar milliy dasturxonlarni bezab, har bir guruh o‘quvchilari «Osh chempionati» musobaqasida ishtirok etishdi.
Bu jarayon nafaqat milliylikni namoyish etish, balki o‘z xalqining an’analarini hurmat qilish, hamda kelajak avlod yoshlariga go‘zal namuna bo‘la oladi albatta.
Dasturxon atrofida milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, raqslar tadbirga yanada rang-baranglik, bahoriy kayfiyat berdi.
Tadbirda Bo‘ka tuman madaniyat bo‘limi mehmon sifatida ishtirok etdi. Ular xalq og‘zaki ijodidan qo‘shiqlar ijro etib, tadbirga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
https://t.me/Boka_agrotexnologiyalar_tex⁠�

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

QAYTA ALOQA

Savollaringiz bormi?
Biz bilan bog‘laning va tez orada javob olasiz!