“Vatanparvarlik karvoni”
Ayni damda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi tashabbusi bilan Bo‘ka tuman 2-son texnikumida davlatimiz rahbarining shu yil 13-yanvardagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlash yuzasidan hamda “Vatanparvarlik karvoni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-sport tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda ta’lim muassasasi o‘qituvchi va o‘quvchilari, harbiy xizmatchilar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Dastur davomida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, saf ko‘riklari va amaliy ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda.
