Bo‘ka Agrotexnologiyalar texnikumida — IT va sun’iy intellekt sohasida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Bo‘ka Agrotexnologiyalar texnikumi talabalari tomonidan tuman miqyosida sun’iy intellektni rivojlantirish va IT dasturlash sohasini chuqur o‘rganish maqsadida Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Hamkorlik doirasida texnikum talabalari universitet faoliyati, zamonaviy o‘quv jarayonlari hamda IT yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
🔸 Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum kelgusida talabalar uchun qo‘shma loyihalar, amaliy mashg‘ulotlar va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
🔺 Mazkur tashabbus yoshlarning raqamli bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, IT sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.


